Antiklinoriy
Qiyofa
Antiklinoriy (anti … va yun. klino — ogʻdiraman va orpos — togʻ) — Yer poʻsti geosinklinal oblastining uzoq vaqt koʻtarilishi natijasida vujudga keladigan yirik (bir necha oʻn kilometr va yuz kilometrga choʻzilgan) va murakkab antiklinal shakldagi burma. Antiklinoriy qanot burmalarida paydo boʻlgan bir necha kator mayda burmalar baʼzan siljimalar boʻlgani tufayli murakkablashadi. Koʻpincha, Antiklinoriyning markaziy (ustki) qismida intruziv jinslar boʻladi. Chatqol tizmasi Antiklinoriyga misol boʻla oladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |