Antik adabiyot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antik adabiyot (lot. antiquus — qadimgi) — Yunonistonda yuzaga kelgan yozma adabiyot (mil. av. 9—8-asrlar). Bu adabiyotning ilk namunasi "Iliada" va "Odisseya" dostonlari bo‘lib, bular "Go-mer dostonlari" deb ham ataladi. Gomer-dan tashqari Esxil, Sofokl, Yevripid va boshqa ham Antik adabiyotning yirik namoyandalaridir. Yunoniston va Qad. Rim adabiyotini Antik adabiyot deb qabul qilish bir yoqlama fikr. Chunki yozma adabiyotning eng qadim namunalari Sharqda, Shumer va Akkadda, Hindiston, Misr, Bobilda yaratilgan. Shumerli-klarning Gilgamesh haqidagi dostoni yunon adabiyotidan 2000 yillar ilgari sopolga yozib qoldirilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil