Antigua (shahar)
Antigua, Antigua-Guatemala – Gvatemaladagi shahar, Agua va Fuego vulkanlari etagida, 1500 m balandlikda. Sakatepekes departamentining ma’mu-riy markazi. Aholisi 30 mingga yaqin kishi (1990). Muhim qishloq xoʻjaligi rayonining (shakarkamish, donli ekinlar) savdo mar-kazi. Universitet (18-asrdan) bor. Shaharga 1542 – 43 yillarda asos solingan. 16 – 18-asrlarda Gvatemalaning poytaxti va Mar-kaziy Amerikaning eng muhim madani-yat markazi boʻlgan. 1773-yilda zilziladan vayron boʻlgan. A. – shahar muzey. 17 – 18-asrlarga oid me’moriy yodgorliklari saqlangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |