Antigona

Antigona — yunon afsonasiga koʻra, xudolar irodasi bilan mudhish gunoh ish qilib qoʻygan Fiva davlati shohi Edipning kizi. A. otasi bilan quvgʻinlikda uning azob-uqubatlariga sherik boʻlib yuradi. A. otasi vafotidan keyin vata-niga qaytib keladi. Fivaga qarshi qurol koʻtargan ukasi Polinik jasadini, shoh Kreontning taqiklashiga qaramay, dafn qiladi. Shundan keyin shoh buyrugʻi bilan A. maqbaraga qamab qoʻyiladi va shu yerda u oʻzini halok etadi. Sofokl va boshqa mual-liflarning asarlarida A. obrazi ota-onaga muhabbat va olijanob fidokorlik ramzi sifatida talqin etiladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |