Antifiltratsion qoplamalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antifiltratsion qoplamalar, suv sizishiga qarshi qoplamalar — sugʻorish kanallari, hovuzlar, suv omborlari, turli gi-droinshootlar tubi va yon bagʻirlarini qoplashda qoʻllaniladigan maxsus mate-riallar. Suvning sizishini bartaraf etish yoki kamaytirish maqsadlarida ish-latiladi. Suv inshootlari qurilishida qoplamalarning quyidagi asosiy zich-langan xillari qoʻllaniladi: grunt, yax-lit beton, yigʻma temir-beton, asfalt-beton, yaxlit yigʻma beton yoki zichlangan grunt katlami bilan himoyalangan polimer, polietilen va polivinilxlorid parda-li ekran. Shuningdek, suv oʻtkazmaslik uchun gruntlarni mexanik shibba-lash (shibbalangan gruntlarni) va kanal oqiziqlari hamda muallaq zarrachalari yerdamida oʻzanni sunʼiy kolmataj kilish (kolmataj qilingan gruntlarni) kabi usullar ham qoʻllaniladi. Aksariyat Antifiltratsion qoplamalar ikki va undan ortiq qavatli ele-mentdan iborat boʻladi, ammo sharoitga qarab ularning har birini mustaqil qoʻllash mumkin. Antifiltratsion qoplamalarning koʻpi beton yoki temir-beton plitalardan quriladi; plitalar choki va oraligʻi neft hamda polimer mahsulotlaridan tayyorlanadi-gan maxsus elastik material — germetik bilan toʻldiriladi. A.Q, materiali tipi mahalliy sharoitlar (tuproq-grunt, re-lef va boshqalarning tuzilishi) va inshootlarning vazifasiga qarab texnik-iqtisodiy hisoblar asosida tanlanadi (mas, tagi pardali yaxlit yigʻma beton 35 — 40 yil xizmat qiladi). Kanallarga qoplamalar yotqizish suvning sizishini 25 — 30% ka-maytirishga, uning f.i.k.ni 0,91 −0,99 ga yetkazishga imkon beradi. Antifiltratsion qoplamalar kanal zonasida grunt suvlari sathining koʻtarilishini, tuproqning zaxlanishi va qayta shoʻrlanishini, ka-nal qirgʻoqlarining oʻpirilishi va oʻzan deformatsiyasini bartaraf etadi, kanallarning oʻt bosishini kamaytiradi, na-tijada suvning oqish tezligi, kanalning suv oʻtkazish imkoniyati ortadi. Hozir Antifiltratsion qoplamalar yotqizish toʻla mexanizatsiyalashti-rilgan. Oʻzbekistonda xoʻjaliklararo ka-nallar (32,4 ming km)ning 9,7 ming km ga beton qoplama yotqizilgan (1995).Shuhrat Mahmudov.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil