Antidetonatorlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antidetonatorlar – motor yonilg‘ilariga ularning detonatsiyaga qarshi turgunligini oshirish uchun oz miqdorda (1% gacha) qo‘shiladigan ki-myoviy birikmalar. Eng samarali A. ga qo‘rg‘oshin tetraetil R (S2N5)4, ko‘rg‘oshin tetra-metil R (SN3)4, mar-ganes metilsik-lopentadiyeniltrikar-bonil SN3S5N4Mp(SO)3, temir penta-karbonil Fe(CO)5 va boshqa kiradi. Bulardan qurg‘oshin tetraetil keng qo‘llaniladi, chunki boshqa A. ishlatilganda karbyu-rator dvigatellarining yonish kamerasi devorlarida ko‘p miqdorda qattiq qurumlar hosil bo‘lib, uning ishlashiga salbiy ta’sir etadi. Bu A. tarkibiga "qo‘rg‘oshinni biriktirib oluvchilar" (etilbromid, dibrometan, dibrompro-pan) qo‘shiladi. Ular qo‘rg‘oshin bilan uchuvchan birikmalar hosil qilib yonish kamerasidan oson chiqib ketadi. Tarki-bida qo‘rg‘oshin tetraetil bo‘lgan motor yonilg‘ilar etillangan motor yonilg‘ilar deb ataladi. Ular o‘ta zaharli bo‘lganligi uchun ishlatayotganda juda ehtiyot bo‘lish kerak.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil