Antidemping boji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antidemping boji — demping narxlaridagi tovar importi uchun import bojidan tashqari undiriladigan boj ("Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari toʻgʻrisida"gi OʻzR Qonunining 10-moddasi). Antidemping boji demping siyosatiga chek qoʻyishga qaratilgan asosiy chora sifatida qoʻllanuvchi qoʻshimcha bojdir. Dastlab, AQSh va Kanadada kiritilgan. Kanada qonuniga koʻra, import qilinayotgan tovarlar oʻz ichki narxlaridan past narxlarda eksport qilayotgan mamlakat uchun mazkur narxlar farqi qiymatida qoʻshimcha boj solinadi, biroq qoʻshimcha antidemping boji tovar narxining 50 % idan oshmasligi kerak. AQShda qasddan demping metodlari qoʻllanilayotganligi aniqlanganda, Prezident bunday tovarlarni olib kirishni taʼqiqlash huquqiga ega. Yevropa jamiyati dempingga qarshi qonunchiligi antidemping bojini demping siyosati yetkizgan zarardan kelib chiqqan holda belgilaydi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi