Antekliza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Antekliza (anti ... va yun. klisis – og‘ish) – yotiqroq antiklinal ko‘tarilma shaklidagi platforma poydevorining asosiy tektonik tuzilmasi. A yadrosi yoki asosiy platforma poydevori kem-briydan oddingi kristall jinslardan tuzilgan; bu jinslar ustida esa cho‘kindi jinslar qatlami yotadi. A., asosan bir necha geologik davrlar ichida yuqoriga yo‘nalgan tektonik harakatlar natija-sida paydo bo‘ladi. Bu harakatlar ta’sirida A. yadrosidagi kristall jinsli poydevor har xil tezlik bilan ko‘tarilishi natijasida ayrim qismlarga ajralib ketadi. Cho‘kindi jinslar qalinligi A. gumbazida uning yon bag‘irlaridagiga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. A.ning ko‘p joylarida cho‘kindi jinslar umuman bo‘lmaydi, bunday yerlarda kristall jin-sli poydevor yer yuzasiga chiqib qoladi (qarang Sinekliza).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil