Antarktida zoogeografiya oblasti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antarktida zoogeografiya oblasti — dunyo okeani zoogeogra-fiya oblastlaridan biri, Tinch va Atlan-tik okeanlarining Antarktida qitʼasi atrofidan 60° janubiy kenglikkacha boʻlgan qismini oʻz ichiga oladi, faqat ayrim joylarda (mas, Janubiy Amerikaning Tinch okeani qirgʻoqlari boʻylab) bu shartli chegaradan yuqoriroq koʻtariladi. Suv yuzasi harorati past, koʻpincha muz bilan qoplangan. Faqat sovuq va iliq oqimlar toʻqnash keladigan subantarktida suvlarida fito- va zooplankton koʻpayishi uchun juda qulay sharoit vujudga keladi. Shuning uchun Antarktida zoogeografiya oblasti o.ga chegaradosh suvlarda kitsimonlarning koʻp turlari yashaydi. Moʻylovdor kitlardan janub va pa-kana kitlar; quloqli tyulenlardan yoldor tyulen, janub dengiz mushugi; haqiqiy tyulenlardan yirik tyulen — dengiz qoploni, Uedella va Rossa tyuleni hamda nisbatan kichik, lekin koʻp sonli krabxoʻr tyulen endemik turlar hisoblanadi. Antarktida zoogeografiya oblasti o.da uchraydigan janub dengiz fi-lining uz. 5,5 m, ogʻirligi 2,5 t ga yetadi. Qushlardan pingvinlar koʻpchilikni 543tashkil etadi. Ular orasidan imperator va qirol pingvinlari, Adeli pingvini va boshqa, gigant boʻron qushi, kap kabutar-chasi endemik hisoblanadi. Antarktida zoogeografiya oblasti o.da al-batroslarning bir necha turi yashaydi, dengiz sudralib yuruvchilari uchramaydi. Baliqlar va umurtqasizlarning turlari koʻp emas, lekin ulardan anchaus baligʻi, qisqichbaqasimonlarning ayrim turlari va boshqa umurtqasizlar katta biomassa hosil qiladi. Antarktida zoogeografiya oblasti o. hayvonlari odam taʼsiriga kam uchragan. Hozir Antarktida va uning sohillari yaqinida suvlar xalqaro qoʻriqxona hisoblanadi. Ad..Kobishev Antarktida zoogeografiya oblasti ,Kubansev B. S, Ge-ografiya jivotnix s osnovami zoologii, M., 1988.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil