Ansob al-ashrof

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ansob al-ashrof” (arab. أنساب الأشراف – “Sharafli kishilarning nasablari”) – arablar tarixi va nasl-nasabiga oid kitob. Muallifi – Ahmad Ibn Yahyo Balozuriy (vaf. 892)[1]. Kitobdan islomgacha boʻlgan arab hukmdorlari, shoirlari va jangchilari, shuningdek, Roshid xalifalar, Umaviy va Abbosiy xalifalar tarixi haqidagi rivoyatlar oʻrin olgan.

Umumiy tavsif[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu Balozuriyning ikkinchi yirik tarixiy asari boʻlib, u vafot etganida uning qirq qismini yozib boʻlingani aytiladi. Ushbu asarning oʻn birinchi kitobi Vilgelm Ahlvard (Greifswald, 1883) tomonidan nashr etilgan va boshqa qismi qoʻlyozma holda ma’lum[2].

“Ansob al-ashrof”ning zamonaviy nashr tarixi juda murakkab: bunda bir necha muharrirlar jamoasi alohida, raqobatchi nashrlar ustida ishlaganlar. Asarning yagona toʻliq nashri Damashqda 25 jildda chop etilgan (Dor al-Yaqaza, 1996-yil).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ul-Hasan, Mahmood. Ibn Al-At̲h̲ir: An Arab Historian : a Critical Analysis of His Tarikh-al-kamil and Tarikh-al-atabeca (inglizcha). Northern Book Centre, 2005. ISBN 978-81-7211-154-0. 
  2. Encyclopædia Britannica Eleventh Edition, a publication now in the public domain.