Kontent qismiga oʻtish

Anons

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anons (frans. annonce — ommaviy axborot, eʼlon) — spektakl haqida oldindan beriladigan eʼlon. XVII-XVIII asrlarda koʻproq fransuz teatriga xos boʻlib, spektakl (yoki alohida pardalar) boshlanishidan oldin sahnadan turib koʻrsatiladigan tomosha, ishtirok etuvchilar, ijrochilar va boshqa haqida tomoshabinlarga beriladigan axborot. Anons spek-taklning ajralmas boʻlagi hisoblanib, truppaning eng yaxshi aktyorlari tomonidan ijro etilgan. Anons odatda badiha asosida qurilib, hazil-mutoyiba, qochirim va boshqa joʻrligida olib borilgan. Hozirgi Anons spektakl, konsert, sirk tomoshasi va boshqa haqida (mufassal maʼlumotlarsiz) oldindan eʼlon qilinadigan afisha.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil