Anomozamit
Qiyofa
Anomozamit (Anomozamites) — bennettitlar oilasiga mansub qadimiy oʻsimliklar turkumi. Hozirgi vaqtda faqat barg qoldiqlari (qazilma holda) uch-raydi. Barglari yirik va patsimon, yaprogʻining oʻrta qismi segmentlarga boʻlingan. Hozirgi gacha A.ning 20 dan ortiq turi aniqlangan. Ular Pomir, Zarafshon togʻlari, Fargʻona vodiysining jan., shim., sharqiy hududlari, Hisor togʻlari, Turkmaniston, Qoratov, Mangʻishloq, Janubiy Qozogʻiston, Issiqkoʻl va boshqa joylarning yura hamda Shimoliy Germa-niya, Shpitsbergen, Grenlandiyaning boʻr qatlamlaridan topilgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |