Anomaliza
"Anomaliza" (inglizcha: Anomalisa) — 2015-yilda ishlangan Amerika animatsion filmi. Senariy Charli Kaufman tomonidan oʻz pyesasi asosida yozilgan.
Premyerasi Telluride kinofestivalida[1] boʻlib oʻtdi, shundan soʻng film 72-Venetsiya kinofestivalida namoyish etildi va u yerda hakamlar hayʼatining Gran-prisi[2] bilan taqdirlandi.
Syujet[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yozuvchi Maykl Stoun hammani monoton ovozli bir xil odamga oʻxshatib qoʻyadigan kamdan-kam uchrovchi ruhiy kasallikdan aziyat chekadi. Bir kuni xizmat safari chogʻida Maykl „anomal mavjudot“ Lizani uchratib qoladi, u qizning ovozi va tashqi koʻrinishidan hayrat va zavqqa tushadi.
Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Devid Tyulis — Maykl Stoun
- Jennifer Jeyson Li — Liza
- Tom Nunen — boshqa personaj
Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Filmni syomkasi uchum mablagʻ, dastlab, Kickstarter’da toʻplandi, u yerda loyiha 406 237 dollar yigʻdi, film, taxminan, 40 daqiqa davom etishi aytildi[3]. Muvaffaqiyatli mablagʻ yigʻilgandan soʻng Starburns Industries qoʻshimcha mablagʻ ajratdi va filmning davomiyligi uzaytirildi[4].
Tanqid va eʼtiroflar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Multfilm kinotanqidchilar tomonidan yuqori baholandi. Rotten Tomatoes filmida 148 ta sharh asosida film 91 % reytingga ega boʻlib, oʻrtacha 10 tadan 8,3 ball olgan[5]. RogerEbert.com sharhlovchisi Mett Seytz filmni toʻrt yulduzdan 3,5 yulduzga baholadi[6]. Mashhur Rolling Stone sinchisi (tanqidchi) Piter Travers Charli Kaufman dohiyona asar yaratishga muvaffaq boʻlganini taʼkidlab, unga 4 yulduz berdi[7]. Metacritic veb-saytida oʻrtacha balli 88[8] edi.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Charlie Kaufman breaks hiatus on own terms in 'Anomalisa' at Telluride“. 4-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Official Awards of the 72nd Venice International Film Festival“. 20-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Charlie Kaufman's Anomalisa“. 28-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Anomalisa Timeline“. 17-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
- ↑ „Anomalisa (2015)“. Rotten Tomatoes. 6-yanvar 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-noyabr 2015-yil.
- ↑ Matt Zoller Seitz. „Anomalisa movie review & film summary (2015) Roger Ebert“ (en). https://www.rogerebert.com/. 30-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- ↑ Peter Travers, Peter Travers. „'Anomalisa' Movie Review“ (en-US). Rolling Stone (6-yanvar 2016-yil). 30-aprel 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- ↑ „Anomalisa“. 19-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 30-aprel 2022-yil.
- Ingliz tilidagi filmlar
- AQSH filmlari
- 2015-yil karikaturalari
- Charlie Kaufman Filmlar
- Charlie Kaufman tomonidan yozilgan filmlar
- AQSh komediya va dramatik filmlari
- To'liq metrajli multfilmlar
- AQSh qo'g'irchoqboz karikaturalari
- AQSh o'yinlarini moslashtirish
- Yozuvchilar haqida filmlar
- Los Anjeles haqida filmlar
- Paramount Pictures Filmlari
- Depressiya haqida filmlar
- AQSh komediya filmlari