Kontent qismiga oʻtish

Annallar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Annallar (lotincha: — yillik) — eng muhim voqealar yozib boriladigan yilnoma. Qadimgi Rimda bosh pontifik (kohin) buyrugʻiga binoan hamma muhim voqealar oq ganch bilan qoplangan taxtachalar ustiga yozib qoʻyilar edi. Annallar bizgacha saqlanmagan, ularning mazmuni annalistlar yoki ilk Rim tarixchilari asarlaridan maʼlum. „Annallar“ degan nom keyinchalik oʻrta asrlar solnomasiga oʻtgan. Annallar juda qadimgi zamonlardan boshlab (miloddan avvalgi taxminan V asr) yozib borilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil