Annaba
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Annaba (Bon) – Jazoirning shimoli-sharqidagi shahar, Annaba viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 305 ming ki-shidan ziyod. Transport yoʻllari tuguni. Oʻrta dengiz boʻyidagi port. Yirik savdo markazi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Oziq-ovqat (tamaki, vino, konserva, un tortish va boshqalar), metallurgiya (al-Hajar majmuasi), metallsozlik, kimyo (ammiak, mineral oʻgʻitlar), toʻqimachilik sanoa-ti korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi mavjud. Universitet bor. A.ning koʻhna qismida shahar qal’asi (qasaba) va Sidi bu Meruan masjidi (1033) saqlangan.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |