Anna Neagle
Anna Neagle | |
---|---|
Florence Marjorie Robertson | |
Tavalludi | 20-oktyabr 1904 |
Vafoti | 3-iyun 1986 |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik va United Kingdom of Great Britain and Ireland |
Kasbi | aktrisa, qoʻshiqchi |
Faoliyat yillari | 1917–1986 |
Turmush oʻrtogʻi |
Herbert Wilcox (turm. 1943; vaf. 1977) |
Anna Neagle nomi bilan tanilgan sanʼatkorning asl ismi Dame Florens Marjorie Wilcox boʻlgan. U aktrisa, qoʻshiqchi hamda raqqosa sifatida sanʼat olamida mashhur.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aktrisa qariyb 20 yil davomida Britaniyaning shov-shuvlarga boy boʻlgan kinolarida bor mahorati bilan rollarni ijro etgan va 1949-yilda Britaniyaning eng mashhur yulduzi sifatida tan olingan. U oʻzining jozibali musiqiy filmlari, komediyalari va tarixiy dramalari bilan urushda vayron boʻlgan London tomoshabinlariga jozibadorlik, nafosat hamda iliqlik taqdim eta olgan va u shu jihati bilan mashhur edi. Ijro etgan deyarli barcha filmlariga u 1943-yilda turmushga chiqqan Herbert Wilcox rejissyorlik qilgan. Neagle oʻzi ijro etgan tarixiy dramalarida ingliz tarixiy shaxslari, jumladan Nell Gwyn (Nell Gvin, 1934), Qirolicha Viktoriya (Buyuk Viktoriya, 1937 va Sixty Glorious Years 1938), Edith Cavell (hamshira Edith Cavell, 1939) obrazlari bilan mashhur edi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Neagle Esseks shtatida joylashgan Forest Gate shahrida Florence Neagle va Herbert William Robertsonning qizi boʻlib, dengiz floti kapitani oilasida tugʻilgan[1]. Uning akasi Stuart Robertson (1901–1958) ham sanʼat yoʻlini tutgan boʻlib, bas-bariton va aktyor edi[2]. Robertson dastavval Glazgodagi boshlangʻich maktabda, keyin esa St Albans High School for Girlsda oʻqigan. U 1917-yilda raqqosa sifatida sahnada ilk chiqishini qildi va keyinchalik CB Cochran va Andre Charlotning Bubbly revyulari xorida paydo boʻldi. Kokran bilan birga boʻlganida, u Jessi Metyus bilan kam muloqot qilgan[3].
1931-yilda aktrisa Stand Up and Sing musiqiy filmida aktyor Jek Byukenan bilan birga rol oʻynadi, bu esa uni tanilishiga, mashhur boʻlishiga yordam berdi. Ushbu ijrodan soʻng u professional Anna Neagle nomidan foydalanishni boshladi (familiyasi onasining qizlik ismidan olingan)[4]. Jami 604 pardadan iborat boʻlgan spektakl muvaffaqiyatli boʻldi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Springer, John, and Jack Hamilton. They Had Faces Then. Castle Books. p. 319.
- ↑ Pearl Records, The Mikado, sleeve notes.
- ↑ Vermilye, Jerry. The Great British Films. Secaucus, New Jersey: Citadel Press, 1978. p. 21.
- ↑ 4,0 4,1 „Fandango Biography.“. 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anna Neagle IMDbda
- Anna Neagle at the BFI’s Screenonline
- Photographs of Anna Neagle