Kontent qismiga oʻtish

Ankorij

Vikipediya, erkin ensiklopediya

AnkorijAQShdagi shahar, Alaska shtatida. Aholisi 226 ming kishi (1990). Tinch okeanning Alaska qoʻltigʻi sohilidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Transport yoʻllari tuguni Alaskaning savdo-moliya markazi; yogʻochsozlik, oziq-ovqat (baliq qayta ishlanadi), poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. 2 universitet, Arktika indeyslari va eskimoslar muzeyi bor. Ankorijga 1915-yilda asos solingan. 1964-yil halokatli zilziladan keyin qayta tiklangan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil