Ankilostomidoz
Qiyofa
Ankilostomidoz — odam ichagida parazitlik qiladigan yumaloq chuvalchanglar — ankilostomidlar qoʻzgʻatadigan gijja kasalligi. Issiq iqlim kasalliklaridan. Asosiy belgilari kasallik yuqqanidan 2-3 oy keyin namoyon boʻladi. Asosan meʼda-ichak faoliyati buzilib, darmonsizlik, mehnatga layoqatsizlik, baʼzan ogʻir shakldagi kamqonlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, bolalarda jismoniy va aqliy jihatdan oʻsishning orqada qolishi va boshqalar kuzatiladi. Bemor kasalxonada davolanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |