Kontent qismiga oʻtish

Anju

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Anju — Fransiyaning shimoli-gʻarbidagi tarixiy viloyat, quyi Luara havzasida. Bosh shahri — Anje. Hozirgi Anjuning aksariyat qismi Men va Luara departamentlari tarkibiga kiradi. Anju IX asrdan — graflik (markazi Anje shahri). XI asr oʻrtalaridan Anjuga Turen va 1126-yil Men qoʻshib olingan. 1154-yil Anju grafi Angliya qiroli (Genrix II Plantagenet) boʻlgan, Anju esa inglizlarning Fransiyadagi mulklarining tarkibiy qismiga aylangan. 1202 — 1204 yillarda Anju hududi fransuzlar tomonidan qaytarib olingan (bu 1259-yilgi Parij bitimi bilan tasdiqlangan). 1360-yildan Anju — gersoglik. 1481-yil Lyudovik XI A.ni merosiy qirol mulkiga qoʻshib olgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil