Anjomasozlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anjomasozlik — temirchilikning anjoma yasovchi sohasi. A., asosan, yirik shaharlarda rivojlan-gan. Oʻtmishda anjoma turlarini bir ustaning oʻzi yoki bir necha maxsus usta yasar edi. A. ishlari ham pichoqchilik, taqachilik kabi bozorda maxsus ishxona (doʻkon)da olib borilardi. A. doʻkonida usta, korgar, devonavachcha va damgarlar ishlardi. Korgar va devonavachchalar „arvohi pir“ bergan xalfalar boʻlib, damgarlikni shogird olib borardi. Key-ingi yillarda xalq hunarmandchiligiga eʼtibor kuchayib, A. ham rivojlanmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil