Aniqmas tenglama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aniqmas tenglama — bittadan ortiq nomaʼlumlarni oʻz ichiga oluvchi tenglama. Nomaʼlumlar soni tenglamalar sonidan katta boʻlgan tenglamalar sistemasini Aniqmas tenglama lar sistemasi deyiladi. Aniqmas tenglama cheksiz kup yechimga ega. Aniqmas tenglama ata-masi sonlar nazariyasida ishlatiladi; unda Aniqmas tenglamaning biror arifmetik shartlarga javob beradigan yechimlari qaraladi. (Odatda, Aniqmas tenglamaning butun yoki ratsional sonlardagi yechimlari izlanadi). Bu xil yechimlarni izlash Diofant tenglamalari nazariyasining vazifasidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil