Aniqlik sinflari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aniqlik sinflari — 1) mashi-nasozlikda — detallarni aniq tayyorlash mezonlari. Davlat standartlari (andozalari)da koʻrsatilgan yoʻl qoʻyiladigan xatolik (dopusk)lar qiymati bilan belgilanadi. Aniqlik sinflari buyumlarning alohida parametrlari (chiziqli oʻlchamlari, burchaklari, tishli gʻildiraklarning parametrlari)da, yaxlit buyum (metall kesish stanoklari va boshqalar)da belgilangan boʻlishi mumkin. Standart tizimlarida barcha Aniqlik sinflari dagi dopusklar nominal (meʼyoriy) oʻlchamga bogʻliq boʻlgan dopusk birligi asosida aniqlanadi. Har qaysi dopusklar tizi-mida bir necha Aniqlik sinflari mavjud boʻladi. Ular tartib raqamlari bilan belgilanadi. Dopu-sklarning oshishi bilan Aniqlik sinflari raqamlari ham oshadi. „Valteshik“ tizimi uchun 19 kva-litet belgilangan (dastlabki 6 tasi kalibrlar, qolganlari aniq buyumlar uchun qoʻllaniladi). Bu aytilgan Aniqlik sinflari sobiq Ittifoqda amal qilgan, hozir Rossiyada ham amal qilmoqda. Oʻzbekistonda yangi standartlar qabul qilinishi munosabati bilan Aniqlik sinflari toifalari ham oʻzgartirilmoqda; 2) oʻlchov vositalarining umumlashtiril-gan tafsiloti; ular uchun aniqlikka taʼsir qiladigan va davlat standartlarida belgilangan asosiy va qoʻshimcha xatoli-klar hamda boshqa parametrlari chegarasi koʻrsatkichi vazifasini oʻtaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil