Aniqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aniqlik – 1) mashinasozlikda– tayyorlanadigan buyumlar (detallar, uzellar, mashina asboblari)ning oldindan belgilangan parametrlarga, chizmada berilganiga, texnik shartlarga, standartlarga mos kelish darajasi. Har qanday texnologik jarayonda muayyan xatolik bo‘ladi, shuning uchun mutlaq A. ga erishib bo‘lmaydi. A. shakli, o‘lchami, o‘zaro joylashish aniqligi kabi xillarga bo‘linadi. Yo‘l qo‘yiladigan A. (dopusklar) tizimiga muvofiq detallarning o‘lchamlariga chegaraviy o‘lchamdan og‘ish (qo‘yim) bilan A. kiritiladi; 2) avtomatik boshqarish tizimi (ABT)da – boshqarish jarayonining talab etil-ganga yaqinlashishi darajasini belgi-lovchi eng muhim ko‘rsatkichlardan biri. Boshqarish jarayonining talab etilgandan og‘ishi boshqarish ob’ekti va ABT dinamik xossalaridan, ABTga kiradigan o‘lchash hamda ijro qurilmalarining xatoliklari, ba’zi elementlarning ichki shovqinlari va tashqi xalaqitlaridan kelib chiqadi; 3) o‘lchashda – o‘lchash natijalarining o‘lchanayotgan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi; 4) o‘lchash asboblarida– o‘lchash as-boblari ko‘rsatgan qiymatning maxsus asbob yordamida o‘lchangan kattalikning haqiqiy qiymatiga yaqinlashish darajasi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil