Animalizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Animalizm, zoolatriya (lot. animal – hayvon) – biror hayvonni ilohiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan e’tiqod va tasavvurlar majmui. A.ning kelib chiqishi ovchilik e’tiqodlariga (hayvonlar o‘lgandan keyin tirilishiga ishonish uning harakterli xususi-yatidir), totemizmta borib taqaladi. Qad. odamlar ovchilik bilan tirikchilik qilgan davrlarda o‘ljani qo‘lga ki-ritish uchun ov oldidan hayvonlarni sehrlovchi turli marosimlar qilganlar (paleolit g‘orlaridagi rasmlar shundan darak beradi). Hayvonlarni e’zozlash ko‘p xalqlarda uchraydi. U odamning hayvondan kelib chiqqanligi haqidagi miflar (keyinroq u urg‘ochi hayvonlar odamlar avlodini boqib tarbiyalagan, degan tasavvurlar shaklini ham ol-gan) da, u yoki bu hayvonni iste’mol yoki ov qilishning man etilishida, bi-ron qabila, urug‘ni hayvonlar nomi bilan atalishi va boshqalarda ko‘rinadi. Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada ayiqning, Hindi-stonda sigirning, Avstraliyada ken-guruning muqaddas hisoblanishi A. qoldig‘idir.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil