Angren oltin boyitish fabrikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angren oltin boyitish fabrikasi — oltin rudasini boyituvchi fabrika, „Oʻzbekolmosoltin“ uyushmasi tar-kibiga kiradi, Toshkent viloyati Angren shahridan 6 km uzoqliqda, shaharning gʻarbida joylashgan. 1971-73 yillarda qurilgan. Fabrikada Koʻchbuloq, Qizilolmalisoy va boshqa oltin konlaridan qazib olingan ruda qayta ishlanadi (qayta ishlanadigan ru-dalar tarkibida 40 ga yaqin minerallar uchraydi). Fabrikada olingan gravio- va flotokon-sentratlar yana qayta ishlash uchun Olmaliq kon-metallurgiya kom-binatita joʻnatiladi. Fabrikada ishlab chiqariladigan mahsulotdan oltin, ku-mush, mis, selen, tellur, vismut kabi me-tallar olinadi. Fabrika 1992-93 yillarda „Oʻrta Osiyo rangli metallar“ loyiha ilmiy tadqiqot instituta loyihasi asosida rekonstruk-siya qilindi va ishlab chiqarish quvvati ikki marta oshirildi. Fabrika negizida qimmatbaho metallarni qazib olish va qayta ishlash boʻyicha Nyumont (AQSH), Mitsui (Yaponiya) kompaniyalari bilan hamkorlikda yopiq turdagi „Angrengold-kompani“ qoʻshma korxonasi barpo etish boʻyicha shartnoma imzolandi (1997).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil