Angren gres

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Angren gres, Angren issiqlik elektr stansiyasi – O‘zbekiston energe-tika tizimidagi yirik inshoot. Angren shahri yaqinida 1957–63 yillarda qurilgan. Stansiyada har birining quvvati 60,5 MVt bo‘lgan 8 turboagregat bor. O‘rnatilgan quvvati 484 MVt. Asosiy yoqilg‘isi – Angren ko‘mir konidan qazib olinadigan qo‘ng‘ir ko‘mir. GRES Ohangaron daryo-sidan suv bilan ta’minlanadi, Olmaliq – Ohangaron sanoat zonasiga hamda Toshkent viloyatidagi xo‘jaliklar va sanoat korxonalariga elektr energiyasi yetkazib beradi. O‘zbekiston, Toji-kiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonning janubidagi viloyatlarini birlashtirgan O‘rta Osiyo Birlashgan energetika sistemasiga ulangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil