Angob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Angob – qizil kesakdan tay-yorlangan bo‘yoq. A. kulolchilikda keng qo‘llaniladi. Sopol idishlar va buyumlar A. surtishdan oldin quritiladi. Notekis joylari maxsus loy (dazmol loy) bilan tekislanadi, so‘ng ho‘l latta bilan silliqlanadi. Ba’zan A. bir necha qavat surtiladi. Idishlar va buyumlar A.dan keyin naqshlanadi. O‘rta Osiyo xalqlari A.ni neolit davri (miloddan avvalgi 4 – 3 ming yillik)dan boshlab sopol idishlarga naqsh berishda va bo‘yashda ishlatgan. Ku-shon podsholigi (miloddan avvalgi 2 – 1 va mil. 1 – 4-asrlar) davridagi sopol idishlarning sirti A. bilan bo‘yalgan. Bunday idishlar O‘rta Osiyoda qoraxoniylar davri (11 – 12-asrlar)da ham keng tarqalgan. A.dan qadimgi qabilalar o‘liklarni ko‘mishda ham foydalangan. Ko‘pincha murdaga A. sur-tib yoki sepib ko‘milgan. Qad. odamlar g‘orlarningde-vorlariga va qoyatoshlarga A. bilan rasmlar chizgan. Surxondaryo vi-loyati Sherobod tumanidagi Zarautsoydan 1936 yilda G. V. Parfenov topgan qadimgi rasmlar (hayvonlar shakllari) ham A. bilan chizilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil