Angliya-Transiordaniya shartnomalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angliya-Transiordaniya shartnomalari (1928, 1946, 1948) −1928-yil 20-fevralda Quddus (Iyerusalim)da Angliya va Transiordaniya (Iordaniya) oʻrtasida tuzilgan shartnomaga koʻra, Angliya Transiordaniyada (Buyuk Brita-niyaning mandat hududida) hokimiyatni rasman amirga topshirgan holda, uning tashqi siyosati, moliya va qurolli kuchlari ustidan nazoratini saqlab qoldi. 1946-yil 22-martda Londonda imzolangan shartnomada Angliyaning Transiordaniyani boshqarish mandati rasman bekor etildi, u mustaqil qirollik deb eʼlon qilindi. Lekin Transiordaniya hududida qoʻshin tutib turish va harbiy bazalar qurish huquqi joriy etilaverdi. 1948-yil 15-martda Ammon shahrida tuzilgan shartno-ma Iordaniyaning Angliyaga qaramligini saqlagan holda Iordaniya maʼmurlarining vakolatlarini bir muncha kengay-tirdi. Shartnoma 1957-yilda bekor etildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil