Angler qoramol zoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angler (Angel) qoramol zoti — suti uchun boqiladigan zot. Zot haqidagi maʼlumotlar 16-asrga toʻgʻri keladi. Suyagi noziq, tanasi choʻziq, sut-dorlik belgilari yaxshi rivojlangan, tusi qizil. Buqalarining tirik vazni 850-1000 kg, sigirlariniki 500-580 kg. Yiliga 4000-4500 kg sut beradi, su-tining yogʻligi 4,5-4,6%. Asosan Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida boqiladi. Angler qoramol zoti z. qizil daniya zotini u orqali qoʻngʻir la-tish, qizil eston, qizil litva, qizil dasht zotlarini chiqarishda asos boʻlgan. Ukraina, Rossiya, qisman Oʻzbekistondagi xoʻjaliklarda ham boqiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil