Kontent qismiga oʻtish

Angiotenzin

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Angiotenzin, angiotonin, gipertenzin — biologik faol modda; kimyoviy tuzilishiga koʻra peptid; qon tomirlarni toraytirib, arterial bosimni oshiradi, organizmdagi suv-tuz almashinuvini boshqaradi, aldosteron, prostaglandinlar va boshqa gormonlar hosil boʻlishiga xizmat qiladi. Angiotenzin polipeptid boʻlib, bir necha aminokislotadan iborat. Qon plazmasidagi angiotenzinogendan hosil boʻladi. Reninangiotenzin sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tabiiy Angiotenzindan qolishmaydigan analoglari sintez qilingan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil