Angioma
Angioma (angio... va yun. ota – oʻsma) – qon yoki limfa tomirlarida paydo boʻladigan xavfsiz oʻsma. Odatda, bolaning ona qornidagi davrida to-mirlarning notoʻgʻri oʻsishidan vujudga keladi. Koʻpincha terida (yuz yoki badan-dagi nor), ba’zan jigar, miya va boshqa a’zo hamda toʻqimalarda uchraydi. Kapillyar, govaksimon va shoxsimon A. boʻladi. Elektrokoagulyatsiya, rentgen va radioak-tiv nurlar hamda jarrohlik usuli bilan yoʻqotiladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |