Kontent qismiga oʻtish

Angela White

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Angela White

White (2019-yil)
Tavalludi 4-mart 1985[1][2][3]
Fuqaroligi Avstraliya[3]
Taʼlimi Melburn universiteti
Kasbi Pornografik aktrisa

Angela White (1985-yil 4-martda tugʻilgan, Sidney, Avstraliya) – avstraliyalik pornoaktrisa va rejissyor. Angela 2003-yilda kattalar uchun moʻljalangan kinolarda chiqishni boshlagan. Angela 2020-yilda AVNning Yilning ayol ijrochisi mukofotini qoʻlga kiritgan. Bu Angelaning uchinchi martta Yilning ayol ijrochisi mukofotini olishi boʻlgan[4].

Angela White porno sohasidagi faoliyatini 2003-yilda, 18 yoshida boshlagan. Oʻsha paytda u hali oʻrta maktabda oʻqir edi. White Amerikaning The Score Group studiyasida model boʻlib ishga kirgan[5]. Dastlabki sakkiz yil davomida White faqat yakkaxon va lezbo-sahnalarni ijro etgan. 2011-yili u oʻzining birinchi porno sahnasini erkak bilan amalga oshirgan va DVD diskida Angela White Finally Fucks nomi ostida chiqarilgan. Oʻsha yili Score jurnali Whiteni „Yilning eng yaxshi porno ijrochisi“ deb topgan[6]. XBIZ Angela Whiteni „Avstraliyadagi eng taniqli porno ijrochisi“ deb tariflagan. The Daily Beast uni „Pornoning Meril Stripi“ deb atagan.

2014-yil oktabr oyida White Girlfriends Films bilan filmlarni chiqarish uchun distribyutorlik shartnomasini imzolagan. Xuddi shu oyda Fleshlight, erkaklar uchun onanizm vositasi ishlab chiqaruvchilar Whiteni oʻzlarining eng yangi Fleshlight Girl deb nomlaganlar[7]. U Fleshlight Girl nomini olgan birinchi avstraliyalik boʻldi[8][9][10][11].

2016-yil sentabrida XBIZga bergan intervyusida White Qo‘shma Shtatlarga koʻchib oʻtganini va Brazzers, Naughty America va Jules Jordan kabi kompaniyalar bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[12].

2018-yil yanvar oyida White Nevada shtati Las-Vegas shahrida komediyachi Aries Spears va Xarli Lotts bilan birgalikda AVN mukofotining 35-yillik yubileyiga mezbonlik qilgan[13].

2021-yilning oktyabr oyida Angela White Brazzers bilan eksklyuziv shartnoma imzolagan. Brazzers prodyuseri Rayan Xoganning aytishicha, oʻsha paytda Angela White „bizning sanoatimizdagi professionallik va yulduzlikning mutlaq choʻqqisiga chiqqan“[14].

2022-yil iyul oyida Brazzers „Sexually Rated Programming“ filmini chiqargan. Bu filmda Angela White ham rol ijro etgan[15][16].

2013-yilda Angela White oʻzining angelawhite.com rasmiy veb-saytini ishga tushirgan va faqat ushbu saytda koʻrish mumkin boʻlgan eksklyuziv videolarni chiqarishni boshlagan[17].

White Melburn universitetini 2010-yilda gender tadqiqotlari boʻyicha birinchi darajali diplom bilan tugatgan[18]. Melburn universitetida u Avstraliyaning pornografiya sanoatidagi ayollar tajribasini oʻrgan. Whitening „Porno ijrochisi: pornografiyadan zavqlanishning radikal salohiyati“ nomli diplom ishi 2017-yilda The Routledge Companion to Media va Sex and Sexuality da chop etilgan[19].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maktabda White lezbiyen boʻlib chiqdi va dastlab faqat ayollarni yoqtirardi[20]. Vaqt oʻtishi bilan u biseksualga aylangan va White ikkala jins vakillari bilan tajriba qilishdan qoʻrqmasligini aytgan.

2013-yilda White porno aktyor Keyran Li bilan sahnani suratga olishni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Chunki u qattiq ogʻriqdan shikoyat qilgan. Maʼlum boʻlishicha, aktrisaga appenditsit tashxisi qoʻyilgan va u shoshilinch ravishda jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga majbur boʻlgan[404 havolasini bir xil maqola va bir xil mavzular bilan yangi havolaga almashtiring 1].

Boshqa loyihalardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilda White oʻzining televizion debyutini Avstraliyaning „Pizza“ komediya serialida oʻtkazgan[21]. Angela White Cosmopolitan, Penthouse, Beat va Time Out kabi jurnallarda keng yoritilgan[22][23][24]. Uning surati Avstraliyaning The Sydney Morning Herald gazetasining muqovasiga ham chiqqan[25].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yilda Angela White Viktoriya shtati saylovlarida Avstraliya Seks partiyasiga nomzod boʻlgan. White jinsiy aloqa xodimlarining huquqlari uchun kurashining keng tarafdori boʻlgan. U kattalar filmlarini tartibga solishni kamaytirish maqsadida oʻzining DVD nusxalarini Bosh prokurorga yuborgan va bu unga katta shuhrat olib kelgan[26]. Keyinchalik White boshqa Avstraliya Seks partiyasi nomzodi Zara Stardust bilan jinsiy aloqa sahnasida rol oʻynagan. Natijada u ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini yanada koʻproq olishiga olib kelgan[27].

  1. (unspecified title)
  2. (unspecified title)
  3. 3,0 3,1 (unspecified title)
  4. Aurora Snow. „The 34-year-old Aussie actress is the first person ever to win the porn Oscar for Female Performer of the Year three times in a row. She opens up to Aurora Snow about the feat.“. thedailybeast.com (2020-yil 1-fevral). 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-sentyabr.
  5. „AdultDVDTalk Angela White Interview“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  6. „Angela White Press Enquiries“. 2017-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  7. „Angela White: Fleshlight Superstar“. Penthouse.com.au. 2016-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. Miller, Dan „Jessa Rhodes, Angela White Named Official Trophy Girls for 2014 XBIZ Awards“. XBIZ (2013-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 4-yanvar.
  9. Snow, Aurora. „Meet the Meryl Streep of Porn, Angela White: 'I Hope My Success Can Inspire Others'“. The Daily Beast (2020-yil 1-fevral).
  10. Sanford, John „Angela White Performs First Anal, DP Scenes in 'Angela'“. XBIZ (2014-yil 1-oktyabr). 2016-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Rodriguez, Ariana „Angela White Named Newest Fleshlight Girl“. XBIZ (2014-yil 29-oktyabr). 2016-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  12. Freixes, Alejandro „Q&A: Angela White's Heavenly Majesty Ignites L.A.“. XBIZ (2016-yil 16-sentyabr). 2016-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  13. Roland, John „2018 AVN Award Winners Announced“. AVN (2018-yil 28-yanvar).
  14. Adams, JC „Angela White Inks Exclusive Contract With Brazzers“. XBIZ (2021-yil 15-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  15. Warren, Peter „Brazzers Unleashes 'Sexually Rated' Angela White 15-Guy Blowbang“. AVN. Qaraldi: 2022-yil 6-oktyabr.
  16. „Tits Out Therapy – Interview with Australian porn star Angela White“. SBS 2 (2013-yil 9-sentyabr).
  17. „XBIZ: Angela White Launches Official Site“ (deadlink). 2016-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  18. The Routledge Companion to Media, Sex, and Sexuality, 2017 — xvi-bet. DOI:10.4324/9781315168302. ISBN 978-1-3516-8555-9. 
  19. Snow, Aurora „Meet the Porn Star Turned Academic Who's Revolutionizing the Adult Industry“. The Daily Beast (2017-yil 30-dekabr).
  20. „Angela White: биография и личная жизнь, рост и вес, карьера и успех, Инстаграм и фото“ (ru-RU). 100Biografiy - Сайт о биографиях знаменитостей (2022-yil 19-iyul). 2022-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
  21. „Time Out: Sexpo X-Treme 2013“. 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan.
  22. „Cosmopolitan: She’s a pornstar with an honours degree“ (deadlink). 2014-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  23. „Australian Penthouse Erotic Envoy“ (deadlink). 2014-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  24. „Beat: Porn and Politics with Angela White“ (deadlink). 2017-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  25. „Sydney Morning Herald Laying out the bare essentials“. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  26. „The Age: Sex Party tries to titillate Hulls“. 2017-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.
  27. „Sex Party – Two Political Candidates Make Adult Film Together“ (deadlink). 2014-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-avgust.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "404 havolasini bir xil maqola va bir xil mavzular bilan yangi havolaga almashtiring", but no corresponding <references group="404 havolasini bir xil maqola va bir xil mavzular bilan yangi havolaga almashtiring"/> tag was found