Angarsk
Qiyofa
Angarsk — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyatidagi shahar (1951-yildan). Angara daryosi boʻyidagi pristan. Temir yoʻl stansiyasi. Aholisi 216 ming (2025). 1954-yildan yirik neft-kimyo kombinati ishlay boshladi. Qurilish sanoati korxonalari (yigʻma temir-beton, sement, keramika mahsulotlari va boshqalar), elektromexanika zavodi, yogʻochsozlik, mashinasozlik sanoati korxonalari, tikuvchilik fabrikasi, goʻsht kombinati, texnologiya instituti bor.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |