Angar
Jump to navigation
Jump to search
Angar (frans. hangar) – samolyot va vertolyotlar turadigan, ularga texnik xizmat ko‘rsatiladigan va ta’mirla-nadigan inshoot. Vazifasiga ko‘ra, A.-ustaxona, muqim (statsionar), muvaqqat-muqim va yig‘ma-qismlarga ajratma xillarga bo‘linadi. Muqim A.lar metall va temir-betondan, muvaqqat-muqim A.lar yog‘och-taxtadan, yig‘ma-qismlarga ajratma A. esa po‘lat yoki yengil qotishmalardan yasaladi. A.ning shakli va katta-kichi-kligi samolyot va vertolyotlar soni va o‘lchamlariga bog‘liq bo‘ladi. A. ko‘tarish-tashish, aloqa, signal, avtomatik o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlanadi.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |