Anemiya (oʻsimlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Anemiya (Anaemia) – qirqquloqdoshlarta mansub ko‘p yillik sporali o‘simliklar turkumi (urug‘i). Sporasiz barglari patsimon. Spora-li barglarining yaproklari qisqargan, o‘qtomiri uzaygan. Sporalari bar-gning faqat eng pastidagi bir juft yaproqchalarida joylashgan. 140dan ortiq turi bor. Shundan 96 ga yaqini Amerika, Afrika va Madagaskarning 520tropik yerlarida keng tarqalgan, bir turi Hindistonda o‘sadi, 50 ga yaqin turi qazilma holda uchraydi. A.ning changi va barg izlari Turkiston va boshqa joylarning yura va, asosan, bo‘r qatlamlaridan ko‘plab topilgan. O‘zbekistonda A.ning 10 tacha qazilma turi ma’lum. Ularning kupchili-gi Hisor tog‘lari, Farg‘ona vodiysining janubiy hududlari, Farg‘ona tog‘larining shimoliy qismi, Buxoro, Xiva depressiyasining yura va bur qatlamlaridan topilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil