Kontent qismiga oʻtish

Andy Dowie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andy Dowie
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrew John Dowie
Tavallud sanasi 25-mart 1983-yil (1983-03-25) (41 yosh)
Tavallud joyi Bellshill, Shotlandiya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Caledonian Braves
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1999—2004 Rangers 1 (0)
2004 → Brechin City (ijara) 15 (0)
2004—2005 Partick Thistle 27 (0)
2005—2006 Stranraer 22 (0)
2006—2009 Ross County 99 (5)
2009—2013 Dunfermline Athletic 118 (2)
2013 Partick Thistle 5 (1)
2013—2017 Queen of the South 118 (4)
2017—2019 Dumbarton 50 (2)
Milliy terma jamoa
2004—2005

Shotlandiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar milliy terma jamoasi[1]
8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2020-yil 1-iyul 11:00 (utc) uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2013-yil 2-iyul uchun)

Andrew John Dowie (talaffuzi: Endryu Jon Doui) (1983-yil 25-martda Bellshillda tugʻilgan) – shotlandiyalik professional futbolchi. Andrew Dowie „Caledonian Braves“ futbol jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi[2]. Andrew Dowie futbolchilik faoliyati davomida „Rangers“, „Brechin City“, „Partick Thistle“, „Stranraer“, „Ross County“, „Dunfermline Athletic“, „Queens of the South“ va „Dumbarton“ futbol klublarida oʻynagan.

Andrew Dowie oʻz faoliyatini yoshligida „Rangers“ futbol klubida boshlagan, shu vaqt ichida Andrew Dowie 2004-yilda „Brechin City“ futbol klubida ijara shartnomasi asosida oʻynagan[3]. Andrew Dowie „Brechin City“ futbol klubi safida „Linfield“ futbol klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida gol urgan[4].

„Rangers“ futbol klubini tark etganidan soʻng[5], Andrew Dowie „Partick Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. „Partick Thistle“ futbol klubi safidagi birinchi golini Andrew Dowie Shotlandiya liga kubogi doirasida boʻlib oʻtgan „Dunfermline“ futbol klubiga qarshi oʻyinda kiritdi[7]. 2005-yil 13-aprelda jamoadoshi Steve Fulton bilan birga Andrew Dowie „Partick Thistle“ futbol klubi tomonidan „klub intizomini jiddiy buzgani uchun“ jamoa safidan chiqarilgan[8].

Keyin Andrew Dowie „Stranraer“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[9] va klub Shotlandiya Ikkinchi divizioniga tushib ketganidan soʻng, 2006—2007-yilgi mavsumda Andrew Dowie „Ross County“ futbol klubiga qoʻshildi[10]. „Ross County“ futbol klubida Andrew Dowie 2006-yil Shotlandiya challenge kubogi doirasidagi final oʻyinida gol urdi.

„Ross County“ futbol klubida uch yil oʻynagach, Andrew Dowie 2009-yilning may oyida „Dunfermline Athletic“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[11]. „Dunfermline“ futbol klubi 2010—2011-yilgi mavsumda Shotlandiya Birinchi divizionida gʻolib chiqdi va Shotlandiya Premer-ligasiga koʻtarildi. ammo keyingi mavsumda ular quyi ligaga tushib qolishdi. 2013-yil 29-martda Andrew Dowie faoliyatida ikkinchi marta „Partick Thistle“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[12]. Andrew Dowiening klub bilan imzolagan shartnomasi 2012—2013-yilgi mavsum oxirida uzaytirilmagan.

Andrew Dowie 2013-yil 1-iyulda „Queens of the South“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[13]. 2016-yilning 2-martida „Hibernian“ futbol klubi ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyin boshlanishidan oldin, Andrew Dowiega klub uchun 100 ta asosiy oʻyin oʻtkazganligi uchun klub esdalik sovgʻasi topshirildi[14]. Andrew Dowiening „Queens“ klubi bilan shartnomasi 2017-yilning may oyida uzaytirilmadi va shu sababli Andrew Dowie 4 mavsum davomida 147 ta oʻyinda maydonga tushib, klubni tark etdi[15].

2017-yil 12-iyun kuni Andrew Dowie Shotlandiya chempionati vakili „Dumbarton“ futbol klubiga bir yillik shartnoma asosida qoʻshildi[16]. Klubdagi birinchi mavsumida Andrew Dowie klubning yilning eng yaxshi futbolchisi[17] deb topildi va 2017—2018-yilgi Shotlandiya challenge kubugi doirasidagi final oʻyinida jamoa sardori boʻldi[18]. Andrew Dowie 2018-yilning may oyida klub bilan yangi shartnoma imzoladi[19].

Andrew Dowie 2020-yil iyun oyida „Caledonian Braves“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi.

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Shotlandiya kubugi Liga kubugi Boshqa Jami
Division Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni Oʻyinlar soni Gollar soni
Rangers 2001—2002[20] Shotlandiya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
Brechin City 2003—2004[21] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 15 0 0 0 0 0 0 0 15 0
Partick Thistle 2004—2005[22] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 27 0 2 0 2 1 2 0 33 1
Stranraer 2005—2006[23] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 22 0 1 0 2 0 1 0 26 0
Ross County 2006—2007[24] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 36 2 1 0 2 0 3 1 42 3
2007—2008[25] Shotlandiya Ikkinchi diviziyasi 34 2 3 1 2 1 2 0 41 4
2008—2009[26] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 29 1 1 0 1 0 3 1 34 2
Jami 99 5 5 1 5 1 8 2 117 9
Dunfermline Athletic 2009—2010[27] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 32 0 3 0 1 0 1 0 37 0
2010—2011[28] 26 0 0 0 2 0 0 0 28 0
2011—2012[29] Shotlandiya Premer-ligasi 30 0 2 0 2 0 34 0
2012—2013[30] Shotlandiya Birinchi diviziyasi 30 2 2 0 2 0 1 0 35 2
Jami 118 2 7 0 7 0 2 0 134 2
Partick Thistle 2012—2013 Shotlandiya Birinchi diviziyasi 5 1 5 1
Queen of the South 2013—2014[31] Shotlandiya chempionati 28 2 0 0 3 0 3 0 34 2
2014—2015[32] 34 2 3 0 2 0 3 1 42 3
2015—2016[33] 29 0 1 0 2 0 1 0 33 0
2016—2017[34] 27 0 1 0 6 1 4 0 38 1
Jami 118 4 5 0 13 1 11 1 147 6
Dumbarton 2017—2018[35] Shotlandiya chempionati 31 0 3 0 4 0 10 0 48 0
2018—2019 Shotlandiya Birinchi ligasi 19 2 1 0 4 0 2 0 26 2
Jami 50 2 4 0 8 0 12 0 74 2
Jami 455 14 17 1 30 3 34 3 552 21
  1. „Andrew Dowie Profile“. Shotlandiya fotbal assotsiatsiyasi. Qaraldi: 22-mart 2012-yil.
  2. „the signing of experienced Centre back Andy Dowie“ (inglizcha). Twitter. Qaraldi: 1-iyul 2020-yil.
  3. „Brechin take Dowie on loan“. BBC Sport (22-yanvar 2004-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  4. „Rangers win Belfast friendly“ (30-iyul 2003-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2019-yil.
  5. „Gers let six youngsters go“. BBC Sport (4-iyun 2004-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  6. „Jags sign defender Dowie“. BBC Sport (26-iyul 2004-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  7. „Dunfermline 3-1 Partick Th“. BBC (22-sentabr 2004-yil). Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
  8. „Partick trio incur manager's ire“. BBC Sport (13-aprel 2005-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  9. „Dowie is latest Stranraer signing“. BBC Sport (30-iyul 2005-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  10. „Dowie moves to Ross County“. BBC News (28-iyul 2006-yil). Qaraldi: 19-dekabr 2013-yil.
  11. „County's Dowie leaves for Pars“. BBC Sport (22-may 2009-yil). Qaraldi: 22-may 2009-yil.
  12. „Firhill Return for Andy Dowie“. Partick Thistle F.C. (29-mart 2013-yil). 2-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-mart 2013-yil.
  13. „Andy Dowie agrees to sign“. qosfc.com (2013-yil 1-iyul). 2015-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2013-yil.
  14. „QosFC: 100 not out“. 6-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2016-yil.
  15. „QosFC: Squad Upate“. 17-iyun 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2017-yil.
  16. Galloway. „SIGNING NEWS: DEFENDER CHECKS IN“. Dumbarton Football Club. Qaraldi: 12-iyun 2017-yil.
  17. Findlay. „2018 PLAYERS OF THE YEAR“. Dumbarton Football Club (23-aprel 2018-yil). 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  18. Crawford. „Dumbarton 0-1 Inverness CT“. Dumbarton Football Club (13-yanvar 2019-yil).
  19. Galloway. „SKIPPER RETURNS FOR ANOTHER SEASON“. Dumbarton Football Club (23-may 2018-yil).
  20. „Games played by Andy Dowie in 2001/2002“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  21. „Games played by Andy Dowie in 2003/2004“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  22. „Games played by Andy Dowie in 2004/2005“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  23. „Games played by Andy Dowie in 2005/2006“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  24. „Games played by Andy Dowie in 2006/2007“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  25. „Games played by Andy Dowie in 2007/2008“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  26. „Games played by Andy Dowie in 2008/2009“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  27. „Games played by Andy Dowie in 2009/2010“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  28. „Games played by Andy Dowie in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  29. „Games played by Andy Dowie in 2011/2012“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  30. „Games played by Andy Dowie in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  31. „Games played by Andy Dowie in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  32. „Games played by Andy Dowie in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  33. „Games played by Andy Dowie in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  34. „Games played by Andy Dowie in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.
  35. „Games played by Andy Dowie in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 24-oktabr 2017-yil.