Androsteroma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Androsteroma — buyrak usti bezi poʻst qavatining oʻsmasi. Kasallik-ka xos belgilar: qizlarda klitor giper-trofiyasi, tuk bosish, sut bezlarining takomillashmasligi, hayz koʻrmaslik, muskullarning haddan tashqari rivoj-lanib ketishi, oʻgʻil bolalarda vaqtidan ilgari balogʻatga yetish, tez oʻsish. Ayollarda 30-40 yoshlarda uchrab, ovozning dagʻallashishi, girsutizm, sut bezlarining kichiklashishi, bachadon atro-fiyasi, klitorning kattalashishi, hayz koʻrishning toʻxtashiga, baʼzan kallikka olib boradi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil