Androsey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ayrim hollarda changchilar soni gulqo`rgʻonda bir xil etnas. Gultoj — barglar soniga teng (Lillya Lilium). Ko'pgina hollarda esa changchilarni soni gultoj barglar sonidan ikki va undan bir necha marta ortiq (ayiqtovon itburun, olma, lavr singari o'simliklar); boshqa hollarda changchilar soni kam, gultoj sonidan kam - bitta (kanna) yoki ikkita (nastarin).

Changchi mikrospora - chang hosil qilish uchun xizmat qiladi. Changchilar yig'indisi (to'plami. majmui) androsey (androceum) deb ataladi.

Gulqo`rg`onning bir qismi sifatida changchi gulda spiral (magnoliya -Magnolia, ayiqtovon — Ranunculus) yoki davra (mutovka) shaklida (lola, liliya - Lilium va boshqalar) joylashgan bo'ladi.

Changchilar kuzatilganda ularni uzunligi bir xilligiga e’tibor berish lozim.

Ayrim o`simlik oilalari vakillari, xususan, labguldoshlar - Labiatae, sigirquyruqdoshlar - Scrofulariacae oilasi vakillarining gulqo'rg'onida changchilar soni to'rtta, lekin qizig'i shundaki, uning ikkita old tomonidagisi uzun, ikkitasi (qisqa) kalta. Karamdoshlar (krestguldoshlar) oilasiga mansub o'simliklarning gulqo`rg`onida 6 ta changchidan 4 tasi uzun, 2 tasi qisqa bo'ladi. Bunday androsey to'rt siklli androsey deb yuritiladi.

Odatda, gul qo`rg`onida changchilar bir-biridan ayri (erkin) holda joylashgan bo'ladi (mnogo bratstvennbiy). Boshqa hollarda changchilar g'uj bo'lib. bir-biri bilan tutash (kungaboqar - Helianthus) holda Odatda, gul qo4rg4onida changchilar bir-biridan ayri (erkin) holda joylashgan (odnobratstvennbie tbichinki), agar changchi laming biri ayri, qolganlari tutash (dvubratvennbiy) (Lobiyo - Phaseolus vulgaris) boʻlib, dukkakdoshlar oilasiga mansub o'simliklarning ko'pchiligi uchun xos.

Androsey (changchi) larning tiplari

Changchining tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Changchi changdon va chang ipidan iborat. Changdon aksariyat hollarda ikki pallali, har bir palla ikki kamerali. Changdonda chang taraqqiy etadi. Changchi ipi ust tomondan epiderma hujayralari bilan qoplangan, shaklan silindrsimon, yapaloq va tasmasimon boʻlganligini kuzatish mumkin. Ayrim hollarda, changchi juda qisqa bolib, changchi to`g'ridan to'g`ri gul o'rniga o'rnashgandek ko'rinadi. Changdon chang ipi va o'tkazuvchi bog'lam orqali oHadigan oziq moddalar bilan oziqlanadi. Changchilar gul kurtagi o'sish nuqtasining bo ʻrt masidan vujudga keladi. Chang changdon epidermisi ostida joylashgan fibroz deb ataladigan maxsus mustahkam tuzilmasi faoliyati natijassda tarqaladi va urug`chining tumshuqchasiga tushishi bilan o'sa boshlaydi. Chang nayi bo'ylab harakati davomida generativ yadro ikkiga bo`linadi va yupqa sitoplazma qatlami bilan o'ralib, mustaqil hujayralarga aylanadi. Chang nayi sitoplazmasi bo'ylab harakatda bo'lgan bu ikkila hujayra erkaklik gametalari - spermiylar hisoblanadi. Shunday qilib, o'sayotgan changda ikkita erkaklik gameta vujudga keladi. Vegetativ yadro va ikkita spermiyli chang nayi paporotniksimon o`simliklarning erkak gametofitining gomologi hisoblanadi. Paporotniksimon o'simliklarda mavjud bo'lgan ko`p hujayrali anteridiy, yopiq urug`li o`simliklarda redaksiyalangan va son sanoqsiz ko`p xivchinli spermatozoidlar оʻrnini faqat ikki spermatsiy egallagan. Yopiq urugʻli o'simliklar gametofitidagi bu qadar kuchli reduksiyaga uchrash ularning tashqi muhitga nihoyatda moslashganligi tufayli sodir bo'lgan deb qarash mumkin. Endi gul changi o'sishining fiziologik xususiyati nimada, uni su’niy ravishda o'stirish va undan seleksiyada foydalanish mumkinmi, degan haqli savol tug`iladi.

Changning o`sishi nayining hosil bo'lishidan boshlanadi. Chang nayi tirqish - pora orqali o'ziga yo`l topib o`sa boshlaydi. Changning ekzina qatlamidan chiqqan sitoplazma chang nayi boʻylab o`sa boshlaydi. Chang nayi sirt tomonidan sitoplazma, o ʻsa borgan sari cho`zila boradigan intina qatlami bilan o ʻralgan bo`ladi. Yuqorida ta'kidlanganidek, etilgan changda vegetativ va generativ hujayralar shakllanadi. Chang nayining o'sishidan oldin bu ikkala hujayraning sitoplazmasi qo'shilib, bitta umumiy massani hosil qiladi va yadrolar nay bo'ylab bitta umumiy massada harakat qiladi. Nay bo`ylab oldingi vegetativ yadroning, uning orqasidan sitoplazma harakati bo'ylab generativ yadroning yo'nalishi kuzatiladi. Urug`lanish sodir bo`lgunga qadar, urug'chi tumshuqchasi o'zidan oziq modda - suyuq shirinlik ajratadi. Bu shirinlik bilan tumshuqcha to`lib yaltirab turadi, tumshuqchaga tushgan gul changi normal o`sa boshlaydi. Ikkita va generativ yadrolarning biri tuxum xujayrasi, ikkinchisi murtak xaltasining diploid yadrosi bilan qo`shilib, triploid yadro hosil bo`ladi. Bu triploid yadro esa, o`z navbatida, urugʻning endosperi qismini hosil qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Андроцей[1]
  • Gulli oʻsimliklar bilan umumiy tanishish[2]
  • Что такое Андроцей?[3]
  1. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-may.
  2. https://azkurs.org/gulli-osimliklar-bilan-umumiy-tanishish.html
  3. https://ru-ecology.info/term/68235/