Android 12
Android 12 (kodli nomi Snow Cone[1]) Android operatsion tizimining oʻn ikkinchi asosiy versiyasi va Google[2] boshchiligidagi Open Handset Alliance tomonidan ishlab chiqilgan mobil operatsion tizim Androidning 19-versiyasidir[3]. Ishlab chiquvchilar uchun ilk oldindan koʻrish versiyasi (beta-versiya) 2021-yil 18-fevralda chiqarilgan. Yakuniy versiya 2021-yil 4 oktabrda chiqarilgan[4] va bugungi kunga qadar Androidning eng soʻnggi versiyasi hisoblanadi. Keyingi operatsion tizim Android 13 2022 yilning may oyida chiqarilishi rejalashtirilgan[5]. Android 12 operatsion tizimga kiritilgan yangiliklar hamda optimallashtirishlarni yuqori baholagan foydalanuvchilar tomonidan asosan ijobiy fikrlarga ega boʻldi.
Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Android 12 rasmiy Android blogida 2021-yil 18-fevralda eʼlon qilindi[6]. Ishlab chiquvchilar uchun oldindan koʻrishi versiyasi darhol chiqarildi, beta-versiyasi 2021-yil 18-mayda taqdim etildi[7].
2021-yil oktabr oyida Google katta ekranlarga moslashish uchun foydalanuvchi interfeysidagi oʻzgarishlar bilan Android 12L, buklanadigan telefonlar, planshetlar va Chromebooklar uchun Android 12 operatsion tizimining variantini eʼlon qildi. Tizim 2022-yil mart oyida chiqariladi[8][9].
Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Foydalanuvchi interfeysi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kattaroq tugmalar, koʻproq animatsiyalar va bosh ekran vidjetlari uchun yangi uslubni oʻz ichiga olgan operatsion tizimning „Material You“ deb nomlangan material dizayni tili yangilandi. Ichki kod nomi „monet“[10] funksiyasi operatsion tizimga foydalanuvchi fon rasmi[11][12] ranglaridan foydalangan holda tizim menyulari va qoʻllab-quvvatlanadigan ilovalar uchun avtomatik rang mavzusini yaratish imkonini beradi. Android 11 quvvat menyusiga qoʻshilgan aqlli uy va hamyon zonalari bildirishnomalar paneliga koʻchirildi[11].
Android 12 da shuningdek, skrinshotlarni aylantirish uchun oʻrnatilgan yordam mavjud[11][13].
Platforma[tahrir | manbasini tahrirlash]
WindowManager, PackageManager kabi tizim xizmatlarining ishlash unumdorligi oshirildi. Koʻrish qobiliyati zaif odamlar uchun tizimdan foydalanish imkoniyatlari yaxshilandi.
Android 12 ga fazoviy audio va MPEG-H 3D Audioni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, uni qoʻlab-quvvatlamaydigan ilovalar bilan qarama-qarshi muvofiqligi uchun HEVC video qayta kodlashlarini qoʻllab-quvvatlash qoʻshildi[13].
Maxfiylik[tahrir | manbasini tahrirlash]
OS darajasidagi mashinaviy oʻrganish xususiyatlari „Android Private Compute Core“da[11] da ajratilgan.
Ilovalar endi „aniq“ joylashuv maʼlumotlariga emas, balki faqat „taxminiy“ joylashuv maʼlumotlariga kirishdan cheklanishi mumkin[11]. Tezkor sozlamalarga kamera va mikrofonni oʻchirish uchun boshqaruv elementlari qoʻshilgan. Agar ular faol boʻlsa, indikator ham ekranda koʻrsatiladi[11].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Android 12’s dessert name is confirmed to be Snow Cone“ (en-US). xda-developers (4-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
- ↑ „Android 12“ (en). Android Developers. Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
- ↑ „Android 12“. Android Developers. Qaraldi: 18-fevral 2021-yil.
- ↑ Android Developers Blog: Android 12 is live in AOSP!
- ↑ „Рассекречены подробности о будущем Android 13. В нем множество новых полезных функций“ (ru). CNews.ru. Qaraldi: 14-mart 2022-yil.
- ↑ „First preview of Android 12“ (en). Android Developers Blog. Qaraldi: 21-fevral 2021-yil.
- ↑ „What's new in Android 12 Beta“ (en). Android Developers Blog. Qaraldi: 14-iyun 2021-yil.
- ↑ Carrie Mihalcik. „Google Android 12L update will bring improved features to tablets, foldable phones“ (en). CNET. Qaraldi: 3-noyabr 2021-yil.
- ↑ Abner Li. „Google unveils Android 12L for foldables, tablets, & Chrome OS; emulator developer preview today“ (en-US). 9to5Google (27-oktyabr 2021-yil). Qaraldi: 3-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Android 12 automatically themes your UX from your wallpaper“ (en-US). xda-developers (18-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 11,3 11,4 11,5 Bohn, Dieter „Android 12 preview: first look at Google’s radical new design“ (en). The Verge (18-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
- ↑ „Android 12's new Material You UI is partly live in the first beta“ (en-US). Android Police (18-may 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.
- ↑ 13,0 13,1 Bohn, Dieter „Android 12 developer preview is available now with many under-the-hood updates“ (en). The Verge (18-fevral 2021-yil). Qaraldi: 19-may 2021-yil.