Androgenez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Androgenez (yun. andros – er-kak va ... genez) – jinsiy ko‘payish xili. Bunda murtakning rivojla-nishida faqat urug‘ hujayra yadrosi ishtirok etadi. A. ayrim hayvonlar (mas, gabrobrakon yaydoqchilari) va o‘simliklar (makkajo‘xori, tamaki)da tuxum hujayra yadrosi urug‘lanishidan oldin nobud bo‘lganida (psevdogamiya) yoki tuxum hujayraning yadrosiz qismi urug‘langanida (merogoniya) ro‘y beradi. Tuxum hujayra yadrosiga fizik yoki kimyo-viy yo‘l bilan ta’sir etish orqali sun’iy A.ni paydo qilish mumkin. A. natijasida hosil bo‘lgan gaploid organizmning yashovchanligi past bo‘ladi. Diploid A. urug‘langan tuxum hujayraning dast-labki bo‘linishi sitotomiyasini birga qo‘shish orqali olinadi. A.dan irsiyla-nishda yadroning ahamiyatini tekshirish, gomozigot yoki bir jinsga mansub bo‘lgan organizmlarni olish maqsadida foyda-lanish mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil