Andrey Rublyov
Andrey Rublyov (taxminan 1360—1370, 1427, baʼzi manbalarga koʻra, taxminan 1430, Moskva; Andronikov monastiriga dafn etilgan) — rus rassomi; Moskva rangtasvir maktabining asoschisi. Kiborlar muhitida tarbiyalangan. Rublyov ijodi Moskva Rusi badiiy anʼanalari zaminida shakllangan, shuningdek, u Vizantiya va jan. slavyanlar badiiy amaliyotlarini ham yaxshi bilgan. Rublyov asarlari falsafiy teranligi hamda badiiy shaklining mukammalligi bilan ajralib turadi; rassom ularda insonning maʼnaviy goʻzalligi va axloqiy kuchqudratini yangicha talqin etadi (Zvenigraddagi soborlar uchun "Spas", "Havoriy Pavel", "Arxangel Mixail" va boshqa ikonalari, XIV—XV asrlar chegarasida). Rublyov ijodining choʻqqisi "Troitsa" sanami (XIV asr oxiri — XV asr boshi)da anʼanaviy bibliya syujeti koʻtarinkilik va falsafiy mazmun bilan boyitilgan. Moskva, Vladimir va boshqa shaharlar soborlaridagi ikonostaslar uchun ikonalar yaratgan ("Qiyomat kuni" va boshqalar)[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |