Andrey Nikolayevich Tupolev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Tupolev Andrey Nikolayevich (1888.29.10, Kaliningrad viloyati — 1972.23.13, Moskva) — rus aviakonstruktori, akad. (1953), generalpolkovnikmuxandis (1968), 3 marta Mehnat Qahramoni (1945, 1957, 1972), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N. Ye. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika intini tashkil kilgan (1918), shu int tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shugʻullanuvchi tajriba konstruktorlik byurosini tuzgan (1922) va uni boshkargan. Tupolev rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari, shu jumladan, ANT25, TU-104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti), TU114, TU144 (tovushdan tezuchar fuqarolar samolyoti) yaratilgan. T. samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922—24). T. samolyotlarida 78 jahon rekordi oʻrnatilgan, 28 noyob uchib oʻtishlar (shu jumladan, ANT4 samolyotida "Chelyuskin" paroxodi ekipajini qutqarish, ANT25 samolyotida V. P. Chkalov va M. M. Gromovning Shim. qutb orqali AQSH ga qoʻnmay uchishi) bajarilgan.