Andrey Tupolev
| Andrey Nikolayevich Tupolev | |
|---|---|
|
Aviatsiya texnik xizmati general-mayori A. N. Tupolev, 1944-yil | |
|
Mansab davri 1956-yil dekabr – 1972-yil 23-dekabr | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi |
10-noyabr 1888-yil Pustomazovo qishlogʻi, Korchevsk uyezdi, Tver guberniyasi, Rossiya imperiyasi |
| Vafoti |
23-dekabr 1972-yil (84 yoshda) Moskva, SSSR |
| Siyosiy partiyasi | partiyasiz |
| Turmush oʻrtogʻi | Tupoleva Yuliya Nikolayevna (1894—1962) |
| Bolalari | qizi Yuliya (1920—2011) va oʻgʻli Aleksey (1925—2001) |
| Onasi | Tupoleva Anna Vasilyevna (1894—1928) |
| Otasi | Tupolev Nikolay Ivanovich (1842—1911) |
| Taʼlim |
Tver guberniya gimnaziyasi (1908) Moskva oliy texnika oʻquv yurti (1918) |
| Kasbi | aviakonstruktor |
| Ilmiy unvoni | texnika fanlari doktori |
| Mukofotlari |
|
| Dafn etilgan joyi | Novodevichye qabristoni |
| Imzosi |
|
| Mansubligi |
|
| Qoʻshin turi | General-polkovnik |
| Unvoni | SSSR Fanlar akademiyasi akademigi |

Tupolev Andrey Nikolayevich (1888.29.10, Kaliningrad viloyati – 1972.23.12, Moskva) – rus aviakonstruktori, akademik (1953), general-polkovnik muhandis (1968), 3 marta Mehnat Qahramoni (1945, 1957, 1972), Moskva oliy texnika bilim yurtini tugatgan (1918). N. Ye. Jukovskiy bilan birga Aerodinamika institutini tashkil qilgan (1918), shu institut tarkibida samolyotlar, torpeda katerlari va aerochanalar yaratish bilan shugʻullanuvchi tajriba konstruktorlik byurosini tuzgan (1922) va uni boshqargan. Tupolev rahbarligida 100 dan ortiq tipdagi harbiy va fuqarolar samolyotlari, shu jumladan, ANT-25, TU-104 samolyotlari (birinchi reaktiv fuqaro samolyoti), Tu-114, Tu-144 (tovushdan tezuchar fuqarolik samolyoti) yaratilgan. Tupolev samolyotsozlikka duralyuminiyni tatbiq qilish ishlariga rahbarlik qilgan (1922—24). Tupolev samolyotlarida 78 jahon rekordi oʻrnatilgan, 28 noyob uchib oʻtishlar (shu jumladan, ANT-4 samolyotida „Chelyuskin“ paroxodi ekipajini qutqarish, ANT-25 samolyotida V. P. Chkalov va M. M. Gromovning Shimoliy qutb orqali AQSH ga qoʻnmay uchishi) bajarilgan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Tupolev Andrey Nikolayevich“,
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 8-jild (Solnoma — Toʻytepa). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004 — 704-bet.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 10-noyabrda tugʻilganlar
- 1888-yilda tugʻilganlar
- Rossiya imperiyasida tugʻilganlar
- 23-dekabrda vafot etganlar
- 1972-yilda vafot etganlar
- Moskvada vafot etganlar
- Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Lenin ordeni sohiblari
- Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari
- Suvorov ordeni sohiblari
- 1-darajali Vatan urushi ordeni sovrindorlari
- Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari
- Hurmat Belgisi ordeni sohiblari
- „1941-1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun“ medali sohiblari
- Lenin mukofoti laureatlari
- SSSR Davlat mukofoti laureatlari
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
- Texnika fanlari doktorlari
- General-polkovniklar (SSSR)
- Uch karra Sotsialistik Mehnat Qahramonlari
- Sovet Ittifoqida oqlanganlar
