Andrey Mozalyov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Mozalyov
Shaxsiy maʼlumotlari
Asl ismi Андрей Михайлович Мозалёв
Toʻliq ismi Andrey Mixaylovich Mozalyov
Davlat Rossiya Russia
Tavalludi 24-mart 2003-yil (2003-03-24) (21 yosh)
Sankt-Peterburg
Yashash joyi Sankt-Peterburg, Rossiya
Boʻyi 1.71 m (5 ft 7 12 in)
Murabbiyi Kirill Davydenko
Oldingi murabbiylari Anna Scheniovskaya
Jamoasi Olympic School Saint Petersburg
Uchishni boshlagan 2008
Jahon reytingida
Mavsum reytingida
Shaxsiy rekordlari
Umumiy natija Yevropa chemp. 2022
Qisqa dastur 99.76
Yevropa chemp. 2022
Erkin dastur 179.77
2021 Internationaux de France

Andrey Mixaylovich Mozalyov (ruscha: Андрей Михайлович Мозалёв; 2003-yil 24-martda tugʻilgan) — rossiyalik figurali uchuvchi. 2019 Warshaw Cup chempioni, 2022-yilgi Rossiya milliy chempionatining bronza medali sovrindori. Andrey 2020-yilda oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempioni va oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasining uch karra gʻolibi boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlabki yillari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozalyov 2008-yilda konkida uchishni oʻrgana boshlagan. Unga Kirill Davidenko murabbiylik qilgan.

2016 — 2017-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozalyov 2016-yil noyabr oyida oʻzining xalqaro oʻsmirlar darajasidagi debyutini 2016 Volvo Open Cup musobaqasida oʻtkazgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. Uch hafta oʻtgach, u 2016 NRW Trophy musobaqasida qatnashib, yana bir oltin medalni qoʻlga kiritgan.

2017 — 2018-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozalyov 2017-yil noyabr oyida 2017 Tallinn Trophy musobaqasida ishtirok etib, uchinchi xalqaro oltin medalini qoʻlga kiritgan.

Mozalyov 2018-yilgi Rossiya oʻsmirlar chempionatida oʻn yettinchi oʻrindan joy olgan. U qisqa dasturda toʻrtinchi oʻrinni egallagan, ammo erkin dastur boʻyicha oxirgi (oʻn sakkizinchi) oʻrindan joy olgan.

2018 — 2019-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozalyov 2018-yil sentyabr oyining oxirida Chexiya Respublikasining Ostrava shahrida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida debyut qilgan va oltin medalni qoʻlga kiritgan. U qisqa dasturda ikkinchi oʻrinni egallagan holda erkin dasturda gʻalaba qozonib, kumush medal sohibi Kamden Pulkinenni taxminan besh ochko farqi bilan ortda qoldirgan. Mozalyov mavsumdagi ikkinchi Gran pri bosqichida Armanistonning Yerevan shahrida boʻlib oʻtgan turnirda qatnashib oltinchi oʻrindan joy olgan.

2021 — 2022-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mozalyov 2021-yili oʻtkazilgan Denis Ten xotirasiga bagʻishlangan musobaqada (2021 CS Denis Ten Memorial Challenge) qatnashib, bronza medalini qoʻlga kiritgan. Gran-pri musobaqasining 2021-yilgi Internationaux de France turnir bosqichida yettinchi oʻrindan joy olgan.

2022-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan Mozalyov qisqa dasturda xatoliklarga yoʻl qoʻygan va erkin dasturda konkida uchish huquqini olish uchun yigirma uchinchi oʻrinni egallagan. Erkin dastur namoyishi muvaffaqiyatli boʻlib, oʻn sakkizinchi oʻrinni egallagan va umumiy hisob bilan reytingda oʻn toʻqqizinchi oʻringa koʻtarilgan.

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa dastur Erkin dastur
2022-2023
2021-2022

  • Heart Cry

    by Drehz
    choreo. by Igor Koscheev and Denis Lunin

  • Sadeness (Part II)

    Enigma
  • City of Isabel
  • Moxica and the Horse
  • Hispañola
  • Twenty Eighth Parallel
  • Conquest of Paradise
    Vangelis
2020-2021

  • Sadeness (Part II)

    Enigma

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

CS: Challanger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Xalqaro
Musobaqa 16-17 17-18 18-19 19-20 20-21 21-22
Olimpiada 19
Yevropa chempionati 4
GP Fransiya 7
GP Rostelecom Cup 4
CS Denis Ten MC 3
CS Finlandiya WD
CS Warshaw Cup 1ㅤ
Xalqaro: oʻsmirlar
Jahon chemp. 1ㅤ
Olimpiada 2
JGP finali 2
JGP Armaniston 6
JGP Xorvatiya 1ㅤ
JGP Chexiya 1ㅤ
JGP Latviya 1ㅤ
NRW Trophy 1-J
Tallinn Trophy 1-J
Volvo Open Cup 1-J
Milliy
Rossiya chemp. 5 4 3
Rossiya kubogi finali 1-J 4
Jamoa tadbirlari
WD = musobaqani tark etgan
J = oʻsmirlar darajasi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings for Single & Pair Skating and Ice Dance : Men“.
  2. „Seasons Best Scores 2021/2022“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2022-yil 14-yanvar.
  3. „Seasons Best Scores 2019/2020“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2020-yil 6-mart.
  4. „Seasons Best Scores 2018/2019“. www.isuresults.com. Qaraldi: 2019-yil 12-aprel.