Andrey Lazukin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrey Lazukin
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Andrey Lazukin
Davlat Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavalludi Tolyatti, Rossiya
Murabbiyi Aleksey Mishin
Oldingi murabbiylari Tatyana Mishina, Oleg Tataurov, Irina Baranova

Andrey Olegovich Lazukin (ruscha: Андрей Олегович Лазукин; 1997-yil 19-noyabr, Tolyatti, Samara viloyati, Rossiya) — yakka holda musobaqalarda qatnashadigan rossiyalik figurali uchuvchi. Rossiya kubogi finali (2019) gʻolibi, Lombardia Trophy 2018 turniri va 2019-yilgi jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.

Andrey Lazukin 2019-yil 5-mart holatiga koʻra, Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU)[1] reytingida 44-oʻrinni egallagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrey uch yoshligida uni ota-onasi konkida uchish maktabiga olib kelishgan[2]. Andrey 2010—2011-yilgi mavsumgacha 1-sonli sport maktabida (Togliatti) Irina Baranova[3] murabbiyligida shugʻullangan. Andrey 13 yoshligida uni murabbiy Aleksey Nikolayevich Mishin Stariy Oskolda oʻtkazilgan musobaqalarda payqab qolib, Sankt-Peterburgda joylashgan oʻzining guruhiga taklif qildi[2]. Andrey 2010-yilda Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtib, bugungi kunga qadar Mishin guruhida mashq qilmoqda[3].

Andrey 2012-yilda Lintsda boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida debyut qildi. Musobaqa natijalariga koʻra u yettinchi oʻrindan joy oldi[4]. Rossiyalik figurali uchuvchi oʻzining ilk kattalar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida 10 uchinchi oʻrinni egalladi[5]. Oʻsmirlar oʻrtasidagi Rossiya chempionatida Andrey 8inchi oʻrindan joy oldi[6]. 2013—2014-yilgi mavsumda Meksikada oʻtkazilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichida ishtirok etdi va u yerda kuchli beshlikka kirdi[7]. Lazukin Sochida boʻlib oʻtgan Rossiya chempionatida kuchli 10talikka kira olmadi va 10 toʻrtinchi oʻrindan joy oldi[8].

Lazukin 2017—2018-yilgi Olimpiya mavsumini ikkita kichik turnirlarda ishtirok etish bilan boshladi. Sentyabr oʻrtalarida boʻlib oʻtgan Lombardia Trophy[9] turnirida 8inchi oʻrinni egalladi. Oktyabr oyi boshida Finlandiyada[10] boʻlib oʻtgan turnirda Andrfey yana 8inchi oʻrindan joy oldi. Ikki hafta oʻtgach, u Gran Pri seriyasining kattalar toifasida debyut qildi[11]. Andrfey dekabr oyi boshida „Golden Spin of Zagreb“ turnirida ishtirok etdi va u yerda oltinchi oʻrinni egalladi[12]. Uning navbatdagi musobaqasi dekabr oyining oʻrtalarida Sankt-Peterburgda boʻlib oʻtgan milliy chempionat boʻldi. Turnir natijalariga koʻra, Lazukin yettinchi oʻrinni egallab, navbatdagi Olimpiya oʻyinlariga kiritilmadi[13].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqa 11/12 12/13 13/14 14/15 15/16 16/17 17/18 18/19
Xalqaro[14]
Jahon chempionatlari 10
Gran-pri bosqichlari: Finlandiya 6
Gran-pri bosqichlari: Rostelecom kubogi 10 7
Finlandia Trophy 8
Lombard kubogi 8 3
Volvo kubogi 5
Bavariya kubogi 1
Nice kubogi 11
Dragon Trophy 2
Triglav Trophy 2
Jamoalar oʻrtasidagi jahon chempionati 3
Qishki Universiada 9 5
Xalqaro: Oʻsmirlar[14]
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Avstriya 7
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Xorvatiya 8
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Germaniya 1
Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Meksika 5
Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari: Ispaniya 9
Nice kubogi 1
Milliy[3]
Rossiya chempionati 13 14 13 13 4 7 4
Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati 13 8 8 6 10
Rossiya kubogi finali 7J 5 J 3 3 5 1
J = oʻsmirlar darajasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ISU World Standings for Figure Skating and Ice Dance“ (inglizcha). ИСУ (17-iyun 2011-yil). 2011-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-iyun 2011-yil.
  2. 2,0 2,1 „Андрей Лазукин: «За Туктамышеву волнуюсь больше, чем за себя»“. 6-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 „Лазукин Андрей Олегович“. 2019-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  4. „ISU JGP Austria 2012 - Junior Men“. 2-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  5. „Чемпионат России 2013 (Сочи)“ (inglizcha). 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2019-yil.
  6. „Первенство России 2013 (Саранск)“ (inglizcha). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2019-yil.
  7. „ISU JGP Mexico Cup 2013 - Junior Men“. 21-aprel 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  8. „Чемпионат России 2014 (Сочи)“ (inglizcha). 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2019-yil.
  9. „10th Lombardia Trophy 2017 - FISG - Men“. 25-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  10. „Finlandia Trophy Espoo 2017 - Men“. 25-mart 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  11. „ISU GP Rostelecom Cup 2017 - Men“. 15-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  12. „ISU CS Golden Spin of Zagreb 2017 - Men“. 21-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-mart 2019-yil.
  13. „Ростелеком - Чемпионат России 2018 - МУЖЧИНЫ“ (inglizcha). 2018-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2019-yil.
  14. 14,0 14,1 „Competition Results: Andrei LAZUKIN“. International Skating Union. 2018-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.