Andrey Arxangelskiy
Andrey Dmitriyevich Arxangelskiy (1879.8.12. – 1940.16.6) – geolog olim, Moskvalik tektonist olimlar ilmiy maktabining asoschisi, akademik (1929). Moscow Davlat Universitetda (1920-32) va Konchilik akademiyasida (1924 – 32) professor Geologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1934 – 39). Asosiy ilmiy ishlari stratigrafiya, litologiya, tektonika, paleogeografiya muammolariga bagʻishlangan. Arxangelskiyning "Orol dengizi qirgʻoqlarining qazilma faunasi" (1909), "Turkistonning yuqori boʻr yotqiziqlari" (1916) kabi asarlarida Oʻrta Osiyodagi yuqori boʻr jinslarining stratigrafik sxemalariga asos so-lingan, paleogeografik rekonstruksiya metodikasi yanada rivojlantirilgan. I. M. Gubkin bilan birgalikda Kursk magnit anomaliyasini oʻrganishda ishtirok etgan (1916 – 26). Amudaryo etaklarida tekshirishlar oʻtkazgan (1919 – 31). Janubiy, Gʻarbiy Oʻzbekistondagi hamda Fargʻona vodiysidagi neftli rayonlarni va oltingugurt konlarini tadqiq qilib, bu rayonlarda neft hamda gaz topilishi mum-kin degan xulosaga kelgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |