Kontent qismiga oʻtish

André restorani

Koordinatalari: 1°16′46″N 103°50′26″E / 1.2793979°N 103.8404849°E / 1.2793979; 103.8404849
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
André restorani
Map
Restaurant information
Vebsayt Restaurant André

André restorani – Singapurda fransuz Nouvelle taomlarini xoʻrrandalarga taqdim etadigan ajoyib taomlar restorani[1]. Restoran 2010-yil 10-oktyabrda bosh oshpaz boʻlib ishlagan Andre Chiang tomonidan ochilgan[2]. Restoran shundan buyon 2018-yil 15-fevralida yopilgan.

Maqtovlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

André restorani xalqaro nashrlarda koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan. 2011-yilda restoran The New York Times gazetasining samolyotda borib sayohat qilishga arziydigan dunyodagi eng yaxshi 10 ta restoran roʻyxatiga kiritilgan[3]. 2016-yilda The Daily Telegraph jurnalida Singapurdagi eng yaxshi restoranlardan biri sifatida koʻrsatilgan[4]. 2017-yilda oshpaz Claude Bosi restoranni Singapurdagi eng yaxshi taomlar restoranlaridan biri deb atagan[5].

Restaurant jurnali André restoranini Singapurning eng yaxshi restorani va Osiyodagi eng yaxshi 50 ta restoranlarning yillik roʻyxatida Osiyoning birinchi oʻntaligiga kiritilgan[6][7][8][9], 2018-yilda yopilguncha mashxurligini saqlab qolgan. Jurnal uni 2017-yilgi reytingda Osiyodagi ikkinchi eng yaxshi restoran deb atagan[10]. Restoran, shuningdek, jurnalning 2017-yilgi nashrida[11] „Dunyoning eng yaxshi 50 ta restorani“ roʻyxatida 14-oʻrinni egallagan.

Restoran Mishel qoʻllanmasining 2016-yil Singapurdagi ilk nashrida ikki yulduz olgan[12].

2017-yil 10-oktabrda Chiang 2018-yil 14-fevralda oʻz xoʻrrandalariga soʻnggi marta xizmat koʻrsatib, André restoranini yopishini eʼlon qildi. Shuningdek, u oʻzining Mishel yulduzlarini qaytarib olgan va Singapurdagi Mishel qoʻllanmasining 2018-yilgi nashriga kiritilmasligini soʻragan[13]. Restoran 2018-yil 15-fevralda yopildi.

2018-yil mart oyida oshpaz Andre Chiang Tayvandagi boshqa bir restoranni André restorani oʻrniga yangi konsepsiyasifatida ochishini eʼlon qilgan[14].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „The First Day I Got My Michelin Stars: Andre Chiang of Restaurant Andre“. Michelin Guide (2016-yil 22-avgust).
  2. Wong. „Restaurant review: Elemental Andre: A restaurant which gets it right on every front“. The Straits Times (2014-yil 29-aprel).
  3. Williams. „10 Restaurants Worth a Plane Ride“. The New York Times (2011-yil 7-yanvar).
  4. Chen. „Singapore restaurants“. The Daily Telegraph (2016-yil 20-sentyabr).
  5. Purvis. „Why Singapore is the world's greatest city for food – by Bibendum head chef Claude Bosi“. The Daily Telegraph (2017-yil 20-mart).
  6. „Asia's 50 Best Restaurants 2013“. The World's 50 Best Restaurants.
  7. „Asia's 50 Best Restaurants 2014“. The World's 50 Best Restaurants.
  8. „Asia's 50 Best Restaurants 2015“. The World's 50 Best Restaurants.
  9. „Asia's 50 Best Restaurants 2016“. The World's 50 Best Restaurants.
  10. Ang. „Restaurant Andre is second best restaurant in Asia, Odette highest new entry“. The Straits Times (2017-yil 22-fevral).
  11. Quek. „Restaurant Andre in Singapore now among world's top 15 eateries“. The Straits Times (2017-yil 6-aprel).
  12. „Singapore's Michelin-starred restaurants: All you need to know“. The Straits Times (2016-yil 21-iyul).
  13. Quek, Eunice. „Chef Andre Chiang to close 2-Michelin-starred restaurant on Feb 14“. The Straits Times (2017-yil 11-oktyabr).
  14. „André Chiang to open two new restaurants in 2018“ (en). The World's 50 Best Restaurants. Qaraldi: 2019-yil 19-sentyabr.

1°16′46″N 103°50′26″E / 1.2793979°N 103.8404849°E / 1.2793979; 103.8404849