Andiz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andiz (Inula) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar tur-kumi. 100 ga yaqin turi bor. A. asosan Yevropa, Osiyo va Afrikada tarqalgan. Oʻzbekistonda 9 turi uchraydi. Boʻydor A. (kora A.- I. helenium va sariq A.- I. grandis) turlari koʻproq tarqalgan. Bu turlarning poyalari baland boʻyli (1- 2,5 m), bir oz qirrali, tukdor; ildizpo-yasi (tanasi) yoʻgʻon; barglari butun, cheti notekis, poyaning quyi qismida yirik (uz. 40-50 sm, eni 20-25 sm), yuqorisida esa maydaroq (uz. 10-30 sm, eni 3-12 sm); guli savatcha, gulbandi yoʻgʻon, chetda-gi gullari urugʻchili, oʻrtadagilari esa ikki jinsli, sariq. Iyunning oxiridan sentabr gacha gullaydi. Adir va togʻlarda 500-2000 m gacha balandlikda oʻsadi. Kora A. ildizpoyasi tarkibida 3% gacha efir moyi, 44% gacha inulin, saponin va boshqa moddalar bor. Ildizpoyasining kaynatmasi balgʻam koʻchiruvchi dori si-fatida ishlatiladi. Sariq A. ham ta-bobatda siydik haydovchi dori oʻrnida qoʻllaniladi. Sariq A. ildizpoyasidan esa levulyoza (fruktoza) olinadi. A.ning baʼzi turlari xushmanzarali.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil