Andijonkabel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Andijonkabel" Aksiyadorlik Jamiyati — elektr texnika sanoati korxonasi, Andijon viloyatining Xonobod sh.da joylashgan. "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi tarkibiga ki-radi. 1985—94 yillarda "Andijonkabel" i.ch. birlashmasi. 1994-yildan hoz. nomda va ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati. Turli markadagi kabellar, elektr usku-nalari va elektr tarmoqlari uchun sim-lar — mis, jez (mis va rux qrtishmasi), nikel simlari va simtoʻrlari, xalq is-te’moli tovarlari ishlab chiqaradi.1982—85 yillarda korxonaning 1-nav-bati, 1987-yilda 2-navbati qurilib, ishga tushirilgan. Korxonaning 2-navbati ishga tushirilgandan keyin quvvati yi-liga 823 ming km elektr simlari, 520 ming m2simtoʻrlar i.ch.ga yet-kazildi. 1988-yilda Finlandiyaning "Nokiya" fir-masida tayyorlangan liniyalar oʻrnatildi va yiliga 30 ming shartli km shahar tele-fon kabellari i.ch. oʻzlashtirildi. 1986-yilda korxonaning filiali boʻlgan To-polino roʻzgʻorbop kabel mahsulotlari zavodi ishga tushirilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil