Andijon bolalar va yoshlar teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andijon bolalar va yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri — bolalar va yoshlar teatri. 1990-yil 1-dekabrda „Istiqbol“ teatr-studiyasi asosida tashkil boʻlgan. „Temir xotin“ (Sh. Boshbekov) spektakli bilan ochilgan. Teatrning asoschisi va badiiy rahbari Mannon Hamidov boshchiligida Q. Mada-minov, M. Turgʻunov, M. Madrahimova, T. Roʻziyeva, M. Xoldorov, F. Mamasodiqova, adabiy emakdosh Ziyo Najmiy kabilar teatrning dastlabki ijodkorlaridir. „Baloyi nafs“ (M. Asadullayev), „Hazon boʻlgan gul“ (X. Qozoqova), „Yaxshivoy va Yomonvoy“ (B. Ixtiyorov), „Dilijon daydilari“ (M. Hamid), „Moʻ’jizalar olami yoxud Sanoʻi nafisa“ (Z. Najmiy) va boshqa teatrda sahnalashtirilgan dastlabki spektakllardir. „Sevgi af-sonasi“ (O. Xoldor), „Toʻylar muborak“ (Oʻ. Hoshimov), „Afandining besh xotini“ (I. Sodiqov) komediyalari, „Al-vido bolalik“ (T. Malik) fojiaviy dramasi, „Hayot eshik ortida“ (S. Siro-jiddinov) tragikomediyasi, shuningdek E. Sobirovning „Buqoqning koʻngli“ hajviy tomoshasi bilan teatr oʻz mavqeini mustahkamlab oldi. Teatr oʻz rejissu-rasida zamonaviylik va tomoshaviylikning oʻziga xos turmushbop uygʻunligini, 495sodda va ayni bir paytda noziq did bilan purmaʼno asarlar yaratish mahoratiga erishdi. „Nargis fojiasi“, „Shayton koʻli yonida“ (I. Yumagulov), „Kasotlar“ (E. Sobirov), „Zanjirband sheʼr“ (Z. Najmiy), „Qirol Lir“ (U. Shekspir), „Bu-gunning Hamleti“ (M. Hamid) singari spektakllar teatrning keyingi yillar ijod mahsulidir. Yoshlarni maʼnaviy kamol topishida oʻz hissalarini qoʻshish, oʻtmishimizning buyuk tarixini haqqoniy aks ettirish, milliy teatr anʼanalariga sodiq qolib, ustozlar yoʻlidan borish teatrning aso-siy maqsadidir. M. Ubaydullayeva, S. Ulugʻov, B. Mirzakarimova, Sh. Abdul-layeva, V. Roʻzimatov, S. Boyxonboyeva, N. Hakimov, M. Ibrohimova, V. Turdiyev, S. Mirzayev va boshqa teatrning yetakchi aktyorlaridir. Hozirgi kunda ushbu teatr direktori Behzod Hamidov, Baxodir Majidov esa bosh rejissorlik qilib kelmoqda.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil